Ispaniya hukumati Kataloniya bo‘yicha qaror qabul qildi

Jahon 20:00 / 20.10.2017 27271

Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi va Ispaniya hukumati 2018 yil yanvarida Kataloniya parlamentiga muddatdan avval saylovlar o‘tkazishga kelishib olishdi. Bu haqda partiya vakili Karmen Kalvoga iqtibos keltirgan holda El Pais nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy bu ma'lumotni tasdiqlashdan bosh tortgan. U 21 oktabrda vazirlar kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazmoqchi.

«Biz qabul qilayotgan barcha choralarimizni ertaga e'lon qilamiz», deb aytgan Raxoy.

Ispaniya hukumati Kataloniyaning muxtoriyat sifatidagi maqomini to‘xtatishga va'da qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: