Yana bir necha xonandaning litsenziyalari tugatildi

Jamiyat 19:35 / 11.07.2017 174210

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan Tohir Sodiqov, Aziza Niyozmetova, Sharof Muqimov hamda Sherali Bekmurodovning litsenziyasi bekor qilindi.

«Lisenziatlar Tohir Sodiqov, Aziza Niyozmetova, Sharof Muqimov va Sherali Bekmurodov bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 11 iyuldan tugatilganligini bildiramiz», deyilgan «O‘zbekkonsert» matbuot xizmati xabarida.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda odatda xonandalarning litsenziyalari ular davlat tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortgan hollarda olib qo‘yiladi.

O‘zbekistonda har bir qo‘shiqchi faoliyati uchun litsenziya olishi kerak, litsenziya bir yil muddatga beriladi.

Yangi tartiblarga ko‘ra, xonanda konsertlarida qo‘shiqlarining 60 foizlik qismini jonli ijroda kuylashi talabi qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: