KXDR Koreya urushining 67 yilligini namoyishlar bilan nishonladi

Jahon 17:58 / 25.06.2017 11181

Koreya urushining 67 yilligi KXDRda ommaviy aksilamerika namoyishlari bilan boshlandi, Janubiy Koreyada esa AQSh bilan ittifoqni mustahkamlash istagi bildirildi. Markaziy telegraf agentligi shunday xabar bilan bo‘lishdi. 

Pxenyan Aholi qo‘mitasi raisi urushning 67 yilligi munosabati bilan KXDRni "o‘zining yadroviy qurollaridan foydalanib, tahdiddan boshqasini bilmaydiganlarni yo‘q qilish"ga tayyor "haqiqiy yadroviy derjava" deb atadi. 

Janubiy Koreya rahbari ushbu sana munosabati bilan AQSh bilan ittifoqni yanada kuchaytirmoqchi ekanini ma'lum qildi. 

"Men Amerika prezidenti bilan muzokaralar davomida Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasidagi ittifoqni kuchaytirishga hamda KXDRning yadroviy muammosini hal qilishga harakat qilaman", - deyiladi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning Facebook'dagi sahifasida.

Ko‘proq yangiliklar: