Hongkongda “Taqiqlangan shahar”ning filiali ochiladi

Jamiyat 16:58 / 24.12.2016 7941

Xitoyning “Gugun” yirik muzey majmuasi filiali Hongkongda ochiladi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, XXRning maxsus ma'muriyati bo‘lgan Hongkong “Gugun” bilan tegishli memorandum imzolagan.

Bo‘lajak filial G‘arbiy Koulun tumani madaniy markazida joylashadi. Majmua 10 ming kvadrat metr hududni o‘z ichiga qamrab oladi. Muzeyning doimiy ekspozitsiyasi Xitoy imperatorlik avlodlari, “Gugun” haqidagi ma'lumot, shuningdek Xitoy madaniyatidan hikoya qiladi. Uni 2022 yilda ochish rejalashtirilgan.

Avvalroq, G‘arbiy Koulundagi madaniy markazning ilk binolari 2017 yilga qadar qurib bitkazilishi haqida ma'lumotlar tarqagandi. Ta'kidlanishicha, Hongkong hukumati madaniy markaz loyihasiga 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ni yo‘naltirilgan.

Taqiqlangan shahar (Gugun) – dunyodagi eng yirik saroy majmuasi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: