Don King Povetkinni haqiqiy sharmanda deb atadi

Sport 12:40 / 19.12.2016 12000

Kanadalik bokschi Bermeyn Stivernning manfaatlarini himoya qiluvchi amerikalik promouter Don King rossiyalik Aleksandr Povetkinni haqiqiy sharmanda deb atadi. Uning so‘zlari Boxingscene tomonidan keltirilgan.

«Afsus, bu yigit, Povetkin haqiqiy sharmanda ekan. U ikkinchi bor WBC kamari uchun jang arafasida doping sinovidan o‘ta olmadi. Men g‘olib va mag‘lub ringda aniqlanishi tarafdoriman, ammo hozir bu ishni odillik bilan hal etish vaqti. Rossiyalik sportchilarning ko‘pchilik qismi doping mojarosiga nega aralashib qolganini tushunmayapman, ammo buni bas qilish kerak», — degan King.

18 dekabr kuni ushbu promouter Povetkin jamoasini sudga berishi haqida ma'lum qilgandi.

17 dekabr kuni Aleksandr Povetkinning Butunjahon boks kengashi (WBC) kamari uchun kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi o‘tkazishi kerak bo‘lgan jangi oldidan topshirgan doping namunasida taqiqlangan modda (ostarin) aniqlandi. Bu haqda jang boshlanishiga 1 soat vaqt qolganida ma'lum bo‘ldi. Stivern jangga chiqishdan bosh tortdi va jang bekor qilindi.

Shu kuni Povetkin fransiyalik Yoan Dyuopga qarshi jang qilib, raqibin oltinchi raundda nokaut qildi. Bu jangda hech qanday sovrin o‘ynalmadi.

Keyinroq «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy diskvalifikatsiya holatida Povetkin o‘z faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: