Politico: Tramp AQShni Transtinch okeani hamkorligidan olib chiqadi

Jahon 08:57 / 11.11.2016 7455

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp rahbarligining birinchi yuz kunida AQShni Transtinch okeani hamkorligidan olib chiqadi. Politico nashri ixtiyoriga kelib tushgan Tramp shtabining ichki hujjati, aniqrog‘i «yo‘l xaritasi»ga asoslangan holda shu haqda yozmoqda.

Hujjatda aytilishicha, Tramp birinchi 100 kun davomida, ma'lum bir shartlar bajarilmasa, AQShni Transtinch okeani hamkorligi va Shimoliy Amerika erkin savdo hududidan olib chiqishi mumkin. 

Yangi prezident, shuningdek, Xitoyni rasman «valyuta manipulyatori» deb e'lon qiladi hamda Amerika kompaniyalarining xorijda xarid qilinishida amerikalik sarmoyadorlar uchun bir xil imkoniyatlar taqdim etilgani borasida tekshiruvlarga ko‘rsatma beradi. 

Ta'kidlanishicha, yangi prezidentning «yo‘l xaritasi» Trampning saylovoldi kampaniyasida aytgan bayonotlariga asoslangan. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlarning yangi rahbari belgilangan rejaga og‘ishmay amal qilishiga hech qanday kafolat berib bo‘lmaydi, deb yozadi nashr. 

Tramp oktabr oyidayoq, o‘z prezidentligining ilk 100 kunligi rejalari haqida so‘z yurita boshlagan edi. 


 

Ko‘proq yangiliklar: