Obamaning akasi ukasini Assanjni kechirishga undadi

Jahon 12:17 / 27.10.2016 9841

AQSh prezidenti Barak Obamaning o‘gay akasi Malik Obama o‘zining Twitter sahifasida davlat rahbarini WikiLeaks asoschisini afv etishga chaqirdi.

«Uka, iltimos, Julian Assanjni kechir! Uning qilayotgan birgina ishi, — bu elektron yozishmalarni e'lon qilayotganidir», — deb yozgan Malik Obama. 

Avvalroq, Malik Obama AQSh prezidentligi uchun bo‘lg‘usi saylovlarda Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp nomzodini ma'qullashini bildirgan edi. U, o‘shanda, «ukamning prezidentlik muddati poyoniga yetayotgan ekan, men oshkora aytishim mumkin: men Donald Trampni qo‘llab-quvvatlayman», — deya yozgandi. 

Julian Assanj 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinmasligi uchun yashirinib kelmoqda. U Shvetsiyada zo‘rlash va jinsiy tajovuzda ayblanmoqda. WikiLeaks asoschisi bu ayblovlarni siyosiy to‘qib chiqarilganini ta'kidlab, uni AQShga topshirishlaridan xavotirlanmoqda. Amerikada esa, unga mamlakat tarixidagi eng yirik maxfiy axborotlar e'lon qilingani uchun o‘lim jazosi xavf solmoqda. 2010 yilda WikiLeaks saytida Vashingtonning maxfiy faoliyatiga oid harbiy va diplomatik hujjatlar e'lon qilingan edi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: