Robert De Niro Donald Trampni cho‘chqa deb atadi

Jahon 10:19 / 09.10.2016 8115

Amerikalik aktyor va rejissyor Robert De Niro AQSh prezidentligi uchun saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampni cho‘chqa deb atadi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

«U dahshatli darajada ahmoq. U cho‘chqa.  U bizga tupurmoqda. Men mamlakatimiz bu holatga tushganidan juda uyatdaman. U odamlarning yuziga urishni istashi haqida aytadi. Masalan men ham mamnuniyat bilan uning yuziga tushirgan bo‘lardim», — degan De Niro yangi promorolikda.

Bundan oldinroq De Niro Trampni Martin Skorsezening 1976 yilda suratga olingan «Taksist» filmi qahramoniga qiyoslagandi. Vetnam urushida qatnashib qaytgan bu qahramon ijtimoiy hayotdan ortda qolgan bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: