«Golf qiroli» Arnold Palmer vafot etdi

Sport 09:43 / 26.09.2016 4416

AQShda 87 yoshli golfchi Arnold Palmer hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qilmoqda Associated Press. Golf qiroli hisoblangan o‘yinchi 25 sentabrda Pittsburg shahri shifoxonasida vafot etgan.

22 sentabr kuni shifoxonaga keltirilgan Palmerning o‘limiga yurak bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan. 

Palmer o‘z faoliyati davomida asosiy professional musobaqalarda 7ta g‘alabani qo‘lga kiritgan: Masters turkumida (1958, 1960, 1962, 1964 yillar ), AQSh ochiq chempionati (1960 yil), Britaniya ochiq chempionatida (1961, 1962 yillar). Bundan tashqari, 62 marotaba PGA Tour turnirining bosqichlarida g‘alaba qozongan. 

U, o‘zining so‘nggi Masters o‘yinida 2004 yili ishtirok etgan, 2006-yil oktabrida Palmer professional golfni tark etishga qaror qilgan.

Sportchi shuningdek, golfni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan: ushbu sport turiga oid bir necha kitob chiqargan, o‘zining golf to‘g‘risidagi shouning prodyuseri ham bo‘lgan. Bundan tashqari, Palmer teleboshlovchi bo‘lib ishlagan, filmlarda suratga tushgan. 

Palmer —AQShning fuqarolar uchun beriluvchi eng oliy mukofotlari: Prezident ozodlik medali va Kongress Oltin medali sovrindori hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: