«Bornmut» va «MYu» uchrashuvi uchun boshlang‘ich tarkiblar ma'lum: Mata asosiyda, Mxitaryan zaxirada

Sport 16:54 / 14.08.2016 4147

«Manchester Yunayted»ning APL birinchi turi doirasida «Bornmut»ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkiblar ma'lum bo‘ldi.

Manchesterliklar jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino qaroriga ko‘ra Xuan Matani bu o‘yinni ilk daqiqalardanoq maydonda boshlaydi. Mxitaryan esa jarohati tufayli zaxirada qolgan. Romero, Roho, Kerrik, Shnayderlin, Depay va Reshford ham zaxira futbolchilari sifatida o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.

Bornmut – Boruts, Smit, Frensis, Deniels, Kuk, Kuk, Serman, Ayb, Arter, King, Uilson.
Manchester Yunayted: de Xea, Valensiya, Bayi, Blind, Shou, Fellayni, Errera, Mata, Runi, Marsiyal, Ibrahimovich.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: