Saudiya Arabistoni Bashar Asad uchun Rossiyaga pul taklif qilmoqda

Jahon 10:29 / 23.07.2016 22297

Saudiya Arabistoni, Rossiyaga Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlamaslik sharti bilan, Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish eshiklarini ochish va yirik miqdordagi sarmoyalarni taklif etishi mumkin. Bu haqda, podshohlik tashqi ishlar vaziri Odil al Jubayr Bryusselning Politico nashriga bergan intervyusida so‘z yuritgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ar-Riyod Rossiyaga Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari kengashi bozorini va Xitoy sarmoya salohiyatidan ham ko‘p bo‘lgan investitsiyalar uchun imkoniyatlar eshigini ochishga tayyor. 

«Biz Rossiyaga Yaqin sharqda hissa ajratishga tayyormiz. Bu Rossiyani mintaqada Sovet Ittifoqidan ham qudratliroq qiladi», - deya vazir so‘zlarini keltiradi Poitico. Uning fikricha, rasmiy Moskva va Ar-Riyodning Suriya masalasidagi qarashi «nafaqat mojaro yakuni borasida, balki uni hal etish vositalari xususida ham turlichadir». 

«Asadning kuni bitgan, shunday ekan, kech bo‘lmasidan avval bitimga keling», - degan Saudiya TIV. 

“Saudiya Arabistoni podshohligi Rossiyaning yonberishi evaziga nimadir taqdim etishi haqidagi gaplar o‘n yillardan beri davom etib kelgani bois, bunga jiddiy qarash kerak emas”, - deydi Strategiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi eksperti Konstantin Makiyenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2000-yillar o‘rtalarida Saudiya podshohligi, Eronga S-300 zenit-raketa majmualarini yetkazib berishni rad etsa, Rossiyaga katta miqdorda harbiy buyurtma va'da qilgan edi. 2010 yili S-300 shartnomasi Moskva tomonidan bekor qilindi, shundan so‘ng, Saudiya Arabistoni bilan bitim to‘g‘risidagi va'dalar ham unutildi.

Ko‘proq yangiliklar: