OAV: Antaliyada politsiya to‘xtashdan bosh tortgan erkakni otib tashladi

Jahon 21:39 / 18.07.2016 10765

Antaliya aeroportida politsiya to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan erkakni otib tashladi, deb xabar bermoqda Ulusal telekanali.

Haberturk portali ma'lum qilishicha, politsiya xodimlari qochoqlikda yurgan mahbusni yo‘q qilishgan. 

Ma'lum qilinishicha, aeroportdagi politsiyachilar binodan chiqib, mashinaga o‘tirmoqchi bo‘lgan shubhali erkakni sezib qolishgan. Politsiyachilar erkakka to‘xtashni buyurishgan, biroq u buyruqqa bo‘ysunmay, mashinadan sakrab tushib, o‘rmonli bog‘ tomon yugura ketgan. 

Shundan keyin politsiyachilar erkakka o‘q uzishga majbur bo‘lishgan, oqibatda u halok bo‘lgan. Keyinroq politsiyada erkak Diyorbakirdan Antaliyaga kelgan, qamoqdan qochib ketgan mahbus bo‘lganini aniqlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: