Amal Kluni yazidlar qirg‘ini qurbonlarini himoya qiladi

Jamiyat 16:58 / 10.06.2016 6407

Aktyor Jorj Klunining rafiqasi, huquqshunos Amal Kluni IShID terrorchilik guruhi tomonidan Iroq yazidlarining ommaviy qirg‘in qilinishi yuzasidan, vahshiylik qurbonlari manfaatlarini himoya qiladi, deb xabar qilmoqda ET Online.com.

IShID jangarilari Iroq shimolidagi shaharlarni egallab olgach, ommaviy qirg‘inlarni o‘tkazgan edi. Bundan tashqari ayollar jinsiy qullikka majburlangandi. 

«Yevroparlament, Yevropa Kengashi parlament assambleyasi, AQSh hukumati va Buyuk Britaniya parlamenti umumpalatasi IShIDning Iroq yazidlariga nisbatan sodir etgan jinoyatlarini genotsid deb tan oldi. Ko‘z o‘ngimizda insoniyatga qarshi eng vahshiyona jinoyatlar sodir etilayotgan bo‘lsa-da, ular Gaaga Xalqaro jinoyat sudi tomonidan ta'qib qilinmayotganini qanday izohlash mumkin?» — deb bayonot bergan Kluni xonim.

Kluni himoya qilayotganlar orasida, Nadia Murod ismli ayol ham bor bo‘lib, u 2014 yil noyabr oyida 3 oylik zo‘ravonliklardan qochishning uddasidan chiqqan edi. Hozirda taniqli faol ayol bo‘lgan Nadia Murodning nomzodi Nobel tinchlik mukofotiga ilgari surilgan.

Ko‘proq yangiliklar: