“Taxtlar o‘yini” seriali aktyori Ronalduga boshini majaqlab tashlashi bilan tahdid qildi

Sport 11:12 / 08.06.2016 11115

Islandiyalik aktyor, pauerlifter Xaftor Bernsson “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga tahdid qildi. Bu haqda Eurosport xabar bermoqda.

"Mening ismim Xaftor Bernsson. Men “Taxtlar o‘yini” serialidagi Goraman. Krishtianu Ronalduda gapim bor. Men sening Yevropa chempionatida birinchi o‘yinni Islandiyaga qarshi o‘tkazishingni bilaman. Agar mening jamoamga gol urishga hadding sig‘sa, unda seni topaman va boshingni majaqlab tashlayman. Buni Oberin Martell bilan qanday qilgan bo‘lsam, o‘shanday qilaman", — dedi u o‘zi tomonidan tayyorlangan videorolikda.

27 yoshli Xaftor Bernsson — “Yer sayyorasining eng baquvvat kishisi” musobaqalarining bir necha bor g‘olibi hisoblanadi. 206 sm bo‘yga ega Bernssonning vazni 170 kg.

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati Fransiyada 10 iyundan 10 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Portugaliya va Islandiya o‘yini 14 iyunga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: