Rossiyalik dizaynerlar shahar mini-avtomobilini taqdim etishdi

Fan-texnika 13:46 / 20.05.2016 9463

Rossiyaning Mirrowcars dizaynerlik kompaniyasi yuk bilan birga 4 nafar kishini olib yurishga mo‘ljallangan yangi shahar mini-avtomobili g‘oyasini taqdim etdi.

Provocator sitikari kuzovini qayta ishlangan polimerdan tayyorlash tavsiya etilmoqda. Mashina uzunligi bo‘yicha esa Smart ForTwo modelidan oshmaydi. Mini-avtoning o‘lchovlari quyidagicha: uzunlik - 269.5 sm, oynalarsiz kengligi - 198 sm, salondagi shiftning balandligi - 180 sm.

Yo‘lovchilarni qulay va tiqilinch bo‘lmagan holda joylashishi uchun aviatsion prinsipidagi salon rejasi taklif qilingan bo‘lib, unda o‘rindiqlar o‘tish yo‘lagidan ikki chetda joylashgan. Salonga faqatgina orqa tomondagi to‘liq ochiluvchi eshikdan kiriladi. Yon tomonda ham eshiklar mavjud bo‘lib, biroq ulardan faqat avariya holatida mashinadan evakuatsiya qilishda foydalaniladi.

Mirrow Provocator’ga 1,5 litr hajmdagi uch silindrli dizel motori yoki turbo benzinini o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu esa 8,7 soniyadan kam bo‘lmagan vaqt ichida 0 dan 100 km/soatgacha bo‘lgan tezlanishni ta'minlab bera oladi. 

Shuningdek, sitikarning gibrid va elektron talqinlarini ham yaratish ko‘zda tutilgan. Harakatlanishning maksimal tezligi  140 km/soat ko‘rsatkichi bilan cheklangan bo‘ladi. Mazkur mini-avtomobildan shaxsiy mashina yoki tashkilotlar uchun pullik transfer xizmati sifatida foydalanish mumkin. Yangi ixtironing chakana narxi - 3500- 4500 yevro atrofida.

Ko‘proq yangiliklar: