Narkabaron El Chapo tanklar yordamida qo‘riqlanmoqda

Jahon 10:33 / 13.01.2016 10012

Meksika hukumati narkabaron Xoakin “El Chapo” Gusmanni ikkinchi marta qochishga urinib, so‘ng qo‘lg olinganidan keyin jiddiy ravishda qo‘riqlamoqda. Bu haqda Reuters xabar beradi.

Endilikda kartel boshlig‘i qamoqxonaning boshqa bir qismida hibsda bo‘lib, uning kamerasi oldida qo‘riqchilar kechayu kunduz navbatchilik qiladi. Kameraning pol qismi mustahkamlandi. Chunki El Chapo o‘tgan safar aynan polni teshib, tunnel orqali qochib ketgan edi.

Mahalliy OAVning tarqatayotgan xabarlariga ko‘ra, Xoakinni qo‘riqlash uchun qo‘shimcha nazorat qurilmalari, jumladan, datchik va videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. O‘z navbatida, qamoqxona tashqarisida zirhli avtomobillar va yengil tanklar joylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: