Tramp saylovoldi reklamasida IShID terroristlaridan neftni tortib olishga va'da berdi

Jahon 11:48 / 05.01.2016 4905

AQSh prezidentligiga nomzod, millarder Donald Trampning 4 yanvar kuni ilk televizion reklamasida IShID terroristik guruhini “boshliqsiz qoldirib”, terroristlardan kontrabanda yo‘li bilan sotayotgan neftni tortib olishga va'da bergani haqida so‘z boradi.

“U IShIDni tezda boshliqsiz qoldirib, undan neftni tortib oladi”, - deyiladi Ayova va Nyu-Hempshir shtatlarida translyatsiya qilinadigan 30 soniyalik rolikda.

Reklamada Tramp Meksika bilan chegaraga o‘z hisobidan devor qurish yo‘li bilan AQShga noqonuniy muhojirlar to‘lqinlarini to‘xtatishga ham va'da berilgan. Reklamaning ushbu qismida muhojirlarning chegarani buzib o‘tib, yugurayotgan manzaralari tasvirlangan.

Siyosatchilar va'dalarining naqadar haq ekanini tekshirishga ixtisoslashgan PolitiFact sayti ma'lumotiga ko‘ra, orqa manzarada AQShning emas, balki Ispaniyaning Melilya anklavidagi Marokash va Ispaniya o‘rtasida quruqlik chegarasi tasvirlangan.

Trampning o‘zi esa reklamaga muhtojlik sezmasada mazkur rolikda faxrlanishini ma'lum qilgan. “Men bu reklamadan faxrlanaman. Bilmayman u menga kerakmi-yo‘q, biroq har ehtimolga qarshi”, - dedi Tramp.

Ko‘proq yangiliklar: