Politico: 7 yil ichida AQShda xristianlar soni 5 foizga qisqardi

Jamiyat 17:02 / 25.12.2015 3533

Barak Obama AQSh prezidentiga aylanganidan buyon mamlakatda xristianlar soni 5 foizga kamaygan. Bu haqda Gallup tadqiqotlariga asoslangan holda Politico nashri xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, 2008 yilda amerikaliklarning 80 foizi o‘zini chin xristian sifatida hisoblardi. Ayni vaqtda bunday toifadagilar soni 75 foizga tushib qolgan.

Lekin bu aholi vakillarining boshqa dinga e'tiqod qila boshlashi bilan bog‘liq emas. 2008 yilda mamlakat aholisining 14,6 foizi hech qaysi dinga e'tiqod qilmasligini bildirgan bo‘lsa, endilikda bundaylar soni 19,6 foizni tashkil etadi.

So‘rovnomada ma'lum bo‘lishicha, yosh amerikaliklar orasida dinga e'tiborsizlik holatlari ortmoqda. 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lganlarning atigi 62 foizi o‘zini xristian deb biladi. 50 yoshdan oshganlar orasida bu ko‘rsatkich 80 foizni ko‘rsatadi.

Nashrning yozishicha, AQShda boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar miqdori bo‘yicha ko‘rsatkichlar keyingi 7 yil ichida o‘zgarmagan va 5 foizligicha qolmoqda.

Bundan oldinroq, Barak va Mishel Obama Rojdestvo kunida terrorchilardan jabrlangan xristianlar haqqiga ibodat qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: