O‘zbekistonlik yosh chavandozlar Germaniyadagi turnirda ishtirok etishdi

Sport 13:44 / 08.09.2015 1677

Germaniyaning Xerford shahrida 17 mamlakatidan tashrif buyurgan yosh chavandozlar ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston vakillari Temur Azizov va Oqil Sobirxo‘jayevlar ham bor edi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri yozmoqda.

Musobaqa “Nemis birdamligi” tashkiloti tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Alixon Azizovning ta'kidlashicha, o‘zbekistonlik sportchilarni ushbu musobaqaga jalb qilgan mutaxassis o‘tgan yili Toshkentda murabbiylar va trenerlar uchun bir qator seminarlar o‘tkazgan Xalqaro ot sporti federatsiyasi eksperti Larsu Mayyerdir.
Ot sporti bo‘yicha respublika chempionati g‘olibi Temur Azizov Yozer Joxan Kepelxor bilan juftlikda musobaqada ishtirok etdi, ammo sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita olmadi.

Oqil Sobirjonov germaniyalik hamkasbi Lass Timmer bilan juftlikda musobaqaning kuchli yigirmaligiga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: