Donald Tramp “El Chapo o‘g‘li” tomonidan bildirilgan tahdid tufayli FQBga murojaat qildi

Jahon 07:29 / 14.07.2015 5703

Amerikalik milliarder va AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘zini qamoqdan qochib ketgan meksikalik narkobaron, El Chapo laqabi bilan taniqli bo‘lgan Xoakin Gusmanning o‘g‘li deb atayotgan kimsa tomonidan bildirilayotgan tahdid tufayli Federal qidiruv byurosiga murojaat qildi.

Trampning aytishicha, ushbu noma'lum kimsa milliarderning El Chapo “Meksikada bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha yomon narsa” degan so‘zi uchun unga tvitterda tahdidlar sola boshlagan.

Tramp osongina orqaga chekinishni istamayotganini ta'kidlab o‘tdi hamda nafaqat o‘zi uchun, balki “jinoyatchilar tomonidan bosib olingan” butun davlatining kelajagi uchun kurashayotganini qo‘shimcha qildi.

Ko‘proq yangiliklar: