O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida reabilitatsiya xizmatlari joriy etiladi

O‘zbekiston 13:50 413

 Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishda olib borayotgan davlat siyosati, jumladan, aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda nogironlar uchun maxsus reabilitatsiya markazlarini yaratish va xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Janubiy Koreya tomoni uchun "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish" mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Kyungpuk milliy universitetining Chilgok va Seul milliy universitetining Bundan klinikalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan tegishli hujjatlarni imzolash, mazkur oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekistonda seminar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar respublika reabilitologlari uchun mazkur klinikalarda malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajriba asosida reabilitatsiya xizmatlarini joriy etish, milliy klinik protokollarini ishlab chiqishda tajriba almashish to‘g‘risida fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida reabilitatsiya yo‘nalishidagi hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha onlayn uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: