Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Toshkent City hududidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 23 yanvar kuni soat 19:49 da Shayxontohur tumani Botir Zokirov ko‘chasi, Toshkent City hududida joylashgan 9 qavatli uyning tom qismi yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 19:53 da yetib borib, yong‘in soat 20:03 da qurshab olingan va soat 20:05 o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
«Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabrda Tashkent City hududidagi 6-lotda qurilayotgan uylardan birining yerto‘lasida yong‘in chiqqandi. Keyinroq FVV yong‘in quruvchilarning ehtiyotsizligi tufayli ombordagi tez yonuvchi izolyatsiya materiallaridan chiqqanini ma’lum qilgan edi.