Cadillac kompaniyasi Lyriq elektr krossoverining yuqori unumdor versiyasini taqdim etdi. Uning nomiga V harfi qo‘shildi. Bu brend tarixidagi eng tez harakatlanuvchi avtomobildir.
Cadillac Lyriq-V elektromobili 102 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, ikki dvigatelli to‘liq uzatmali boshqaruv tizimini quvvatlantiradi va 624 ot kuchiga ega. Og‘irligi 2713 kg bo‘lgan avtomobil Velocity Max rejimida ishlagan taqdirda 3,3 soniyada noldan 100 km/soatgacha tezlasha oladi.
Cadillac Lyriq-V to‘liq zaryadlangan holatda EPA sikli bo‘yicha 459 km yo‘l bosadi, bu to‘liq uzatmali Lyriq avtomobilidan 50 km kamroq.
Avtomobil Launch Control va manyovrni yaxshilash uchun mo‘ljallangan yangi quvvat uzatish sozlamalari, shuningdek kuchli Brembo tormozlari (standart modeldan deyarli ikki baravar katta) va maxsus 22 dyuymli g‘ildiraklarga ega bo‘ldi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, Lyriq-V brendning maxsus to‘ldirilgan reallik proyeksiyasi displeyi bilan jihozlangan birinchi modelidir.
Cadillac Lyriq-V 2025 yilning birinchi choragida AQSh Tennessi shtatida ishlab chiqariladi. Elektromobilning narxi 80 ming dollardan boshlanadi, bu oddiy to‘liq uzatmali Lyriq avtomobilidan taxminan 16 ming dollar qimmatroq.