Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar kamaygani qayd etildi

Jahon 17:22 1200

2024 yilda Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soni 0,9 foizga, ular tomonidan sodir etilgan bosqinchilik esa 27 foizga, o‘g‘irlik esa qariyb 26 foizga kamaydi. Bu haqda TASS Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

«2024 yil oxiriga kelib jinoyat sodir etgan xorijiy fuqarolar soni 3,8 foizga kamaydi. Xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soni 0,9 foizga kamaydi. Xususan, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xorijliklar tomonidan sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar soni 2,2 foizga kamaygan», deyiladi xabarda.

Departamentning ta’kidlashicha, xorijliklar o‘rtasida jinoyatchilikning umumiy kamayishi fonida qurolli bosqinchilik soni 27 foizga va o‘g‘irliklar 25,8 foizga sezilarli darajada kamaygan.

Shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlar 12,3 foizga, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 12,5 foizga, qotillik va odam o‘ldirishga suiqasd qilish 6,7 foizga kamaygan. Xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilgan o‘g‘irliklar soni ham 9,2 foizga kamaydi, deb qayd etdi boshqarma.

Ko‘proq yangiliklar: