Chirchiq daryosi hududida tabiatga 674 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Jamiyat 21:32 / 07.01.2025 1596

Toshkent viloyati, Chirchiq daryosi hududida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olganlar tabiatga juda katta miqdorda zarar yetkazdi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, fuqarolardan biri ekskavatorda qum-shag‘alni noqonuniy qazib olib, «S.Q.M» tosh maydalash sexiga 2 ta yuk avtomobilida tashigan. Oqibatda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi hamda «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgan.

Holatga oydinlik kiritilgunga qadar transport vositalari jarima maydoniga qo‘yilgan.

Qonunbuzarlik oqibatida tabiatga 674 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ta’kidlanmoqda.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: