Yilning eng yaxshi futbolchisi — Vinisius Junior («Real», Braziliya)
Ushbu nominatsiyaga Jud Bellinghem, Dani Karvaxal, Kilian Mbappe, Federiko Valverde («Real»), Erling Holand, Rodri («Manchester Siti»), Toni Kroos, Lionel Messi («Inter Mayami»), Florian Virts («Bayyer») va Lamin Yamal («Barselona») ham da’vogarlik qilgan edi.
FIFA prezidenti Janni Infantino konvertni ochib, braziliyalik futbolchini davrga chaqirdi va sovrinni unga topshirdi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi — Karlo Anchelotti («Real»)
Yilning eng yaxshi murabbiyi nomi ham «Real» bilan bog‘liq bo‘ldi. Jamoaning italiyalik ustozi Karlo Anchelottiga Arsen Venger sovrinni topshirdi.
Shuningdek, Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Lionel Skaloni (Argentina milliy jamoasi), Luis de la Fuente (Ispaniya milliy jamoasi) va Xabi Alonso («Bayyer») ham nomzodlar qatoridan joy olgandi.
Yilning eng yaxshi darvozaboni — Emiliano Martines («Aston Villa», Argentina)
Argentinalik ushbu darvozabon yaqinda Pushkash sovrinini ketma-ket ikkinchi marta qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, FIFA tomonidan ham o‘tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Nomzodlar qatorida Andrey Lunin, David Rayya, Ederson, Janluiji Donnarumma, Mayk Menyan va Unai Simon singari darvozabonlar bor edi.
Yilning eng chiroyli goli (Pushkash mukofoti) — Alexandro Garnacho
«Manchester Yunayted»ning argentinalik yarimhimoyachisi tomonidan 2023 yilning 26 noyabr kuni «Everton» darvozasiga akrobatik usulda yo‘llagan supergol kutilganidek, FIFA tomonidan yil goli deb topildi.
FIFA talqiniga ko‘ra, o‘tgan mavsum ramziy jamoasidan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi:
Darvozabonlar: Emiliano Martines
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Antonio Ryudiger, Ruben Diash, Vilyam Saliba
Yarimhimoyachilar: Rodri, Jud Bellinghem, Toni Kroos, Lamin Yamal
Hujumchilar: Erling Holand, Vinisius.
Ma’lumot uchun, g‘oliblarni aniqlashda ularning 2023 yilning 21 avgustidan 2024 yilning 10 avgustigacha bo‘lgan davrdagi o‘yinlar natijalari inobatga olingan. Laureatlar milliy jamoa sardorlari, murabbiylar, muxlislar va OAV vakillarining ovoz berish orqali aniqlangan.