Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi

Fan-texnika 19:57 / 13.12.2024 2696

Apple yaqin vaqtgacha aktual deb hisoblangan ba’zi iPhone modellarini sotishni muddatidan oldin to‘xtatadi. Xususan, gap iPhone SE 2 va iPhone 14/14 Plus haqida ketmoqda, deb xabar berdi 9to5Mac.

Kompaniya bu choralarni ko‘rishga majbur, chunki 2025 yil yanvaridan boshlab Yevropa Ittifoqida smartfonlarni faqat USB-C zaryadlovchi porti bilan sotishni majburlovchi talablar kuchga kiradi.

Hozir Apple eski Lightning porti bilan jihozlangan iPhone SE 2, iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellarini sotmoqda. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, kompaniya yuqoridagi modellarni yangi port bilan qayta chiqarishni rejalashtirmayapti, shunchaki Yevropada ularning sotuvini to‘xtatadi — bu 2024 yil oxirigacha sodir bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple 2025 yil bahorida yangi 4-avlod iPhone SE modelini chiqaradi, albatta u USB-C porti bilan jihozlanadi. Taxminlarga ko‘ra, yangi mahsulot iPhone 14 modeliga o‘xshaydi, lekin iPhone 16 protsessori bilan jihozlanadi.

Apple kompaniyasining an’anaviy jadvaliga ko‘ra, 14 va 14 Plus keyingi yilgacha, iPhone 17 seriyali smartfonlar chiqarilgunga qadar sotilishi kerak edi. Ammo Apple bu choralarni ertaroq ko‘rishga majbur bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: