Visa kompaniyasining O‘zbekistondagi bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

Iqtisodiyot 21:06 / 10.05.2024 4132

Visa kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy bo‘limiga Behzod Abdurahmonov rahbar (menejer) etib tayinlandi. 

Behzod Abdurahmonov 2020 yil Visa kompaniyasida O‘zbekiston va Turkmaniston banklarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer sifatida ish boshlagan. U chakana bank biznesi, innovatsiyalar, kartalar va to‘lov tizimlari sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis sanaladi. 

Qayd qilinishicha, Behzod Abdurahmonov yangi lavozimda Visa kompaniyasining iqtisodiyotni raqamlashtirish va O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlariga erishishda yordam beradi. 

Visa elektron to‘lovlar sanoati bo‘yicha dunyodagi yetakchisi kompaniya. U ikki yuz dan ortiq mamlakat va hududlarda iste’molchilar, biznes, moliyaviy va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi tranzaksiyalarni amalga oshiradi. 

O‘zbekiston Visa uchun strategik ahamiyatga ega bozor sanaladi. O‘tgan yili kompaniya mamlakatdagi barcha moliya institutlari, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalariga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirish maqsadida Toshkentda o‘z ofisini ochgan.

Ko‘proq yangiliklar: