Uzbekistan Airports samolyotlarga lazer nurini yo‘naltirish holati ko‘paygani tufayli murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston 11:22 / 10.05.2024 26237

Qayd etilishicha, havo kemalarining uchish va qo‘nish vaqtida lazer nurlarini havo kemasiga yo‘naltirish holatlari ko‘payib bormoqda. Fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 116-1-moddasida (havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish) javobgarlik nazarda tutilgan.

Ushbu moddaga asosan havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilab berilgan.

Yo‘lovchilar va havo kemasi ekipaji a’zolarining hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazishi va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolardan parvozlar xavfsizligini ta’minlash talablariga rioya etish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: