Polshadan O‘zbekistonga grant va moliyaviy-texnik ko‘mak jalb qilinishi mumkin

O‘zbekiston 12:06 / 08.05.2024 949

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni barcha sohalarda yanada jadallashtirish, Polshadan O‘zbekistonga grant va moliyaviy-texnik ko‘mak jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Polsha vakillari o‘zbekistonlik talabalar uchun har yili Akademik almashinuv milliy agentligining (NAWA) grantlari va stipendiyalari taqdim etilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Polsha TIV Hamkorlikni rivojlantirish departamenti va Lex Kachinskiy nomidagi Davlat boshqaruvi milliy maktabining (KSAP) "Sharqiy hamkorlik davlat boshqaruvi akademiyasi" (AAPPW) dasturi orqali O‘zbekiston davlat idoralari xodimlari uchun ikki haftalik maxsus malaka oshirish treninglari tashkil etish mumkinligi qayd etildi.

Bundan tashqari, Polsha Strategik zaxiralar davlat agentligi, Lane Kirkland stipendiya dasturi, EURLO dasturi, Adamed kompaniyasi va boshqa jamg‘armalar orqali O‘zbekistonga Polshadan grant va moliyaviy-texnik ko‘makni ikki barobarga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: