O‘zbekiston hududlari va Birmingem shahri o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 12:56 / 08.05.2024 1135

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif davomida elchi Birmingem meri lord Chaman Lal bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, mahsulotlar eksporti, yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirish muhim ekanligi ta’kidlandi.

Birmingem meri hududlararo hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini, jumladan, O‘zbekiston viloyatlari bilan birgalikda savdo ko‘rgazmalari, tomonlarning investitsiyaviy salohiyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar va madaniy tadbirlarning o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: