O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi

O‘zbekiston 14:46 / 08.05.2024 12598

Oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi 56,7 minimal o‘tish balli 2025 yildan boshlab bosqichma-bosqich oshiriladi. Bu haqda 8 may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tgan matbuot anjumanida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Bunda:

  • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
  • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.

«Davlat granti talabalari uchun ta’lim granti va ijtimoiy rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Ijtimoiy rag‘batlantiruvchi grant saqlab qolinadi. U 4 yilga beriladi, qaytarib olinmaydi. Bu grant shunga muhtoj yoshlar uchun ajratilgan grantdir», degan vazir.

Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi.

Bunda:

  • ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
  • ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
  • ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Ko‘proq yangiliklar: