BMT 25 mayni Butunjahon futbol kuni deb e’lon qildi

Sport 18:43 / 08.05.2024 3155

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi 25 mayni Butunjahon futbol kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Rezolyutsiyani Bosh Assambleyaning 193 a’zosidan 160 tasi ma’qulladi, deb xabar berdi Anadolu.

25 may sanasi 1924 yil 25 mayda Parij yozgi Olimpiadasi paytida bo‘lib o‘tgan tarixdagi birinchi xalqaro futbol turnirining 100 yilligini nishonlash uchun tanlangan.

Shu paytgacha Butunjahon futbol kuni norasmiy tarzda 10 dekabr kuni nishonlanib kelayotgan edi.

25 mayni Butunjahon futbol kuni sifatida nishonlash tashabbusini Tojikiston, Bahrayn va Liviya ilgari surgan edi. G‘oya mualliflarining ta’kidlashicha, «rezolyutsiyada yirik xalqaro sport tadbirlarini tinchlik, o‘zaro anglashuv, xalqaro hamkorlik, do‘stlik va bag‘rikenglik ruhida, hech qanday kamsitishlarsiz o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan».

Ko‘proq yangiliklar: