Toshkentda 8 may kuni harbiylar piyoda yurishi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 21:55 / 07.05.2024 4886

8 may kuni Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishi tashkil etiladi. 

Qayd qilinishicha, tadbir Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda. 

«G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – «Chorsu» bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi (O‘zbekiston shohko‘chasi va Furqat ko‘chasi) – «Mejik Siti» maydoni (Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan harbiy bo‘linmalarning «Mejik Siti» maydonidagi to‘xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishi, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. 

Tadbir 8 may kuni soat 14:00 da «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: