Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natija ko‘rsatgan o‘qituvchilariga ustama to‘lanadi

O‘zbekiston 10:42 / 07.05.2024 978

Vazirlar Mahkamasining «Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

— 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining har biriga 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;
— 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi.

Ustamalar baholash o‘tkazilgan o‘quv yilidan keyin keladigan o‘quv yilidan (1 sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida to‘lanadi.

Ko‘proq yangiliklar: