O‘zbekistonda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

O‘zbekiston 09:54 / 07.05.2024 1388

"O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi.

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi prezident administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi etib qayta tashkil etildi.

Respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish milliy markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Milliy markaz davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan milliy dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli hamda o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnoma, taklif va tavsiyalar kiritadi.

Ko‘proq yangiliklar: