Nukusdan Olmaotaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi 

O‘zbekiston 20:53 / 07.05.2024 1440

1 iyundan boshlab Nukus shahridan Qozog‘istonning Olmaota shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

- Nukusdan jo‘nab ketish mahalliy vaqt bilan soat 10:05;

- Olmaotaga yetib borish mahalliy vaqt bilan soat 12:15;

- Olmaotadan jo‘nab ketish soat 13:15;

- Nukusga yetib kelish soat 15:45. 

Bir tomonga aviachipta narxi 1 mln 64 ming so‘mdan, Nukus–Olmaota–Nukus yo‘nalishi bo‘yicha esa 1 mln 849 ming so‘mdan boshlanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: