Moldova O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

O‘zbekiston 07:46 / 07.05.2024 776

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Moldovaning mamlakatdagi yangi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiverdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

"Bugun vazirlikda Moldovaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Valeriu Kiver janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Moldova aloqalarining hozirgi holati ko‘rib chiqildi va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.

O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar bundan qariyb 30 yil avval – 1994 yil 23 avgustda o‘rnatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: