Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi 

O‘zbekiston 10:55 / 06.05.2024 8063

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 6 may kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 10:41 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Samarqand viloyati, Urgut tumani. Zilzila koordinatalari: 39,32 gradus shimoliy kenglik; 67,46 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 263 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Urgut tumanida 2-3 ball, 29 km;
  • Toyloq tumanida 2 ball, 38 km;
  • Kitob tumanida 2 ball, 38 km;
  • Bulung‘ur tumanida 2 ball, 45 km;
  • Shahrisabz tumanida 2 ball, 47 km;
  • Samarqand tumanida 2 ball, 51 km.
Ko‘proq yangiliklar: