Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi

O‘zbekiston 22:01 / 06.05.2024 5152

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 may kuni temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. 

Taqdimotda qurilish va modernizatsiya loyihalari muhokama qilindi. Avvalo, transport-logistika salohiyatini yanada kengaytirish va undan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarga qulayliklarni va eksport imkoniyatlarini oshirish uchun transport yo‘laklarini izchil diversifikatsiya qilish zarurligi ta’kidlandi. 

«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida transmintaqaviy aloqalarning muhim tarkibiy qismi bo‘ladigan «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi. 

Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan yangi transport yo‘laklarini yaratishga doir jarayonlar bo‘yicha axborot berildi. 

Davlat rahbari shu bilan birga aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirib, aeroportlarni xalqaro tranzit xabiga aylantirish, zamonaviy avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: