Braziliya janubida kuchli yomg‘irlar so‘nggi 80 yillikdagi eng kuchli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Riu-Grandi-du-Sul shtati rasmiylariga ko‘ra, kamida 78 kishi halok bo‘lgan, yana kamida yetti kishining o‘limi ushbu favqulodda vaziyat bilan bog‘liqligi tekshirilmoqda. Kamida 74 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Mahalliy aholi vakillaridan kamida 25 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Yarim millionga yaqin kishi elektr energiyasi va ichimlik suv ta’minotidan uzilib qolgan. Associated Press agentligi qayd etishicha, bu mintaqada so‘nggi yildagi to‘rtinchi suv toshqini bo‘lmoqda. 2023 yilda kuzatilgan so‘nggi tabiiy ofat oqibatida jami 75 kishi halok bo‘lgandi. Bu safargi suv toshqini 1941 yilgi rekordni yangiladi, ayrim hududlarda suv sathining kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori darajasi qayd etildi. Quyida tabiiy ofatdan jabrlangan shaharlardagi vaziyat aks etgan suratlar keltiriladi.
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
22995
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
33430
Yutqizilgan yillar va milliardlar. SUBeKTIV'da totalizatorchilar hikoyasi
14:06 / 17.07.2021
77766
Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi - Guterrish
22:56 / 18.05.2024
2922
Toshkentda ushlangan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi
22:39 / 18.05.2024
7770