Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi

Jamiyat 13:01 / 05.05.2024 6363

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatayotgani aks etgan video tarqalgandi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining munosabat bildirishicha, holat yuzasidan ishchi guruh o‘rganish olib borgan. Unga ko‘ra, yuqoridagi voqea 2024 yilning mart oyida kuzatilgan.

Tashkilot ma’muriyati tarbiyachi I.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan va xodim ishdan bo‘shatilgan.

Avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 512-bog‘chada ham tarbiyachi ayol bolalardan birini urib, uni haqorat qilgani tasvirlangan video tarqalgandi.

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi bog‘chada yig‘lagan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning qo‘llarini qo‘kartirgan tarbiyachi ishdan olingandi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ayolning harakatlarini «nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan» deya atagan.

Ko‘proq yangiliklar: