Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi bolalardan birini urib, haqoratladi

Jamiyat 12:40 / 05.05.2024 3953

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 512-bog‘chada tarbiyachi ayol bolalardan birini urib, uni haqorat qilgani tasvirlangan video tarqaldi.

Ayol yosh bolaga bir necha tarsaki tushirgan va shu jarayonda unga “Nega sen maymunga aylanyapsan, hammani kuldirib? Men bu yerda ota-onalarga tashlash uchun video qilyapman, sen nega maymunga aylanyapsan? Jim o‘tirlaring dedim, senga tort yo‘q”, degan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Holatga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: