Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston 12:36 / 05.05.2024 3292

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 63,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 25,1 mln nafarga ko‘p.

2024 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 700,8 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan bo‘lib, 2023 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 64,7 foizga oshgan.

Avvalroq, aprel oyi boshlarida Toshkent metrosi uchun to‘rt vagonli ikkita poyezd olib kelingandi.

Ko‘proq yangiliklar: