Namangan viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 14:07 / 05.05.2024 5386

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar berishicha, bugun 2024 yil 5 may kuni soat 13:16 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzila episentri Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 71,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 14 km. Zilzila episentri Toshkentdan 194 km janubiy-sharqda.

Zilzilaning boshqa hududlarda sezilish kuchi quyidagicha bo‘lgan:

  • Kosonsoy tumanida 3 ball (8 km);
  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball (14 km);
  • Chortoq tumanida 2 ball (28 km);
  • Namangan shahrida 2 ball (30 km);
  • To‘raqo‘rg‘on tumanida 2 ball (34 km).
Ko‘proq yangiliklar: