6 may kuni ham qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston 17:52 / 05.05.2024 4648

«O‘zgidromet» 6 may, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kuning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +24...+26 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +26...+31 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +11...+16 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: