Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi

Jahon 14:05 / 04.05.2024 2996

Ukrainada 4 may, shanba kuni safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning ayrim qismlari kuchga kiradi. Shu kundan boshlab kuchga kiradigan yangiliklardan biri harbiy xizmatga «cheklangan yaroqli» maqomining bekor qilinishidir. Buning o‘rniga «yaroqsiz» toifasi va to‘rtta «yaroqli» toifasi kiritiladi. 

Xususan, bu - to‘liq yaroqli; harbiy oliy o‘quv yurtlarida, hududiy shakllantirish markazlarida, ta’minot bo‘linmalarida, muassasalarda, tashkilotlarda xizmat qilish uchun yaroqli (lekin hujum qo‘shinlarida, dengiz piyoda safida, maxsus operatsiyalar kuchlarida, maxsus kuchlar bo‘linmalarida va boshqalarda xizmat qilish uchun yaroqsiz); muayyan mutaxassisliklar uchun yaroqli (masalan, harbiy universitetga kirish uchun nomzodlar); muayyan vazifalar uchun yaroqli.

«Cheklangan yaroqli» maqomiga ega bo‘lgan barcha erkaklar 60 kun ichida hududiy shakllantirish markazlari (HShM)da o‘z ma’lumotlarini yangilashlari, shuningdek, 2024 yil oxirigacha yana tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. 

Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun 18 maydan to‘liq kuchga kiradi

Ukraina Mudofaa vazirligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Oksana Suxorukovaning so‘zlariga ko‘ra, harbiy-tibbiy komissiyalar to‘g‘risidagi buyruqda shaxsning harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlaydigan yangi mezonlar kiritilgan. Ularda bir necha ming tashxis mavjud. Yangilangan tartib 18 maydan kuchga kiradi. 

Shu kuni «Safarbarlik to‘g‘risida»gi qonun to‘liq kuchga kiradi. Uning loyihasida 36 oylik harbiy xizmatdan so‘ng demobilizatsiya va rotatsiya to‘g‘risidagi nizom bor edi. Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonligining iltimosiga ko‘ra, ushbu normalar qonun loyihasidan olib tashlandi, ular 2024 yil oxiriga qadar alohida qonun bilan tartibga solinishi rejalashtirilgan.

Qonunga ko‘ra, harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan barcha shaxslar 2024 yil 17 iyuldan boshlab o‘z guvohnomalarini yangilashi, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan barcha erkaklarning harbiy guvohnomasi yoki vaqtinchalik harbiy xizmatni tasdiqlovchi guvohnomasi bo‘lishi shart. 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun harbiy xizmat tinchlik davrida besh oygacha, urush davrida esa uch oygacha bo‘lgan asosiy xizmatga almashtiriladi. 

Aprel oyida safarbarlikka tortiladiganlarning yoshini 27 yoshdan 25 yoshgacha pasaytiruvchi qonun kuchga kirdi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi avvalroq xabar berganidek, harbiy ro‘yxatga olish idoralari aprel oyining birinchi yarmida 25 yoshga to‘lganlarga chaqiruv qog‘ozlarini berishni boshladi. 

Ko‘proq yangiliklar: