Yaponiya va Turkiya O‘zbekistonda pulli yo‘l qurilishida ishtirok etmoqchi

Iqtisodiyot 11:30 / 02.05.2024 6236

Sojitz va Rönesans kompaniyalari DXSh asosida transport sohasidagi loyihalarda ishtirok etishga qiziqmoqda.

1 may kuni transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Sojitz kompaniyasi Yevropa filiali bosh menejeri Machida Yasuhide hamda Rönesans kompaniyasi boshqaruv raisi Jyem O‘zoguz bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etildi.

Xususan, xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Xorijiy kompaniya vakillariga mamlakatda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida DXSh asosida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2023 yilning oxirida Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Texnik-iqtisodiy hujjatini ishlab chiqishga YeTTB tomonidan 350 ming dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratildi.

Ko‘proq yangiliklar: