Xon Saroy qurilish kompaniyasi navbatdagi loyihani qurib bitkazdi!

O‘zbekiston 13:30 / 02.05.2024 5902

Yakshanba, 28 aprel kuni Xon Saroy qurilish kompaniyasi o‘zining navbatdagi Parlament loyihasi ochilish marosimini o‘z an’analariga sodiq qolgan ravishda — tantanali o‘tkazdi.

Ochilish marosimi karnay-surnay sadolari ostida boshlanib, marosim davomida mehmonlar uchun qiziqarli shou dastur va bolalar uchun o‘yinlar barchaga xush kayfiyat ulashdi. Estradamiz yulduzlari va blogerlarning chiqishlari esa ochilish marosimi o‘zgacha shukuhda o‘tishiga sabab bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xon Saroy’ning Business class toifasidagi loyihasi bo‘lmish Parlament loyihasi muvaffaqiyatli hayotni o‘z turmush tarziga aylantirgan insonlar uchun ayni muddaodir.

Loyiha Yunusobod tumani 6-mavzeda Amerika elchixonasi yaqinida joylashgan. Bino umumiy 16 qavatdan iborat bo‘lib, 33,0 m² dan 83,6 m² gacha bo‘lgan 80 ta xonadondan tashkil topgan. Binoning zamonaviy va muhtasham ko‘rinishi e’tiboringizni tortmasdan qolmaydi.

Ochilish marosimi davomida 8 dekabrdan 31 yanvargacha davom etgan Yangi yil aksiyasi g‘oliblari aniqlanib sovg‘alar taqdim etildi.

1-o‘rin Fatxullayev Ulug‘bek - Elektromobil

2-o‘rin Nurmanova Tolkin - Chet elga 2 kishilik yo‘llanma

3-o‘rin Abdulloyeva Muniraxon - Qimmatbaho maishiy texnikalar egasiga aylanishdi.

Xon Saroy kompaniyasi Xon Saroy, Pandora, Ayvon, Mega Tower, Diplomat, Sayram va Parlament loyihalaridagi xonadonlarni o‘z egalariga unutilmas ochilish marosimlari bilan topshirib kelmoqda. Hozirgi kunda esa Salom Qo‘yliq, Ocean, Orzular, Zo‘rsan va Vatan loyihalarida qurilish ishlarini olib bormoqda. 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

712007400

555017400

Sayt: xonsaroy.uz

Telegram: t.me/XonSaroy

Instagram: @xonsaroyuz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: