Toshkentdagi barcha tuman DXMda xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

O‘zbekiston 12:47 / 01.05.2024 1538

Toshkent shahridagi tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi. 

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 1 may kuni Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida internet tarmog‘ida nosozlik kuzatilgan.

Shu sababli, tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Vazirlik yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: